“O‘ztransgaz” AJda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi samaradorligi muhokama qilindi
Uztransgaz
11.11.2025
“O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va jamiyat mas’ullari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Prezident farmonlarida belgilangan vazifalar doirasida jamiyatda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini samarali tashkil etish, uning amaliy natijalarini baholash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari muhokama qilindi.

Uchrashuvda kadrlar bilan ishlash, komplayens-nazorat, qurilish va xaridlar sohalaridagi jarayonlarni yanada ochiq va shaffof qilish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, shuningdek, xodimlar o‘rtasida huquqiy ong va madaniyatni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish yakunida mas’ul tuzilmalarga korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish, xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.