jins

Uztransgaz

20.10.2023

Xotin-qizlar bugun har sohada faol. Ta'lim, tarbiya, ilm-fan, tadbirkorligu, tabobatda o‘rnak ko‘rsatib faoliyat yuritayotgan ayollarimiz talaygina. Quvonarlisi, davlat boshqaruvida ham xotin-qizlarning roli ortib bormoqda. 

O‘ztransgaz AJ O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil etgan uchrashuvda ayni fikrlarga alohida urg‘u qaratildi. Hayotimiz fayzi bo‘lgan ayollarni mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ishtirokini faollashtirishga bag‘ishlangan tadbirda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi hamda unda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash masalalari qay darajada aks etgani xususida fikr almashildi. 

Tadbirda partiyaga aʼzo bo‘lish istagini bildirgan “O‘ztransgaz” AJ xodimlaridan 10 nafariga aʼzolik guvohnomalari topshirildi va shu yerning o‘zida yangi boshlang‘ich partiya tashkiloti tuzildi.



Возврат к списку