jins

Uztransgaz

22.07.2024


2024-yilning I yarim yilligida “O‘ztransgaz” AJ birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi departamenti bilan hamkorlikda Jamiyat tarkibiy tuzilmalarida mehnat muhofazasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlili va 2024-yil yakuniga qadar amalga oshiriladigan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida jamiyat tarkibiy tuzilmalarida mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha muhim fikrlar almashildi. Mehnat muhofazasi sohasida mavjud kamchiliklar tanqidiy ko‘rib chiqildi va kelgusi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Tahliliy yig‘ilishda “O‘ztransgaz” AJ tarkibiy tuzilmalar rahbarlari, kasaba uyushma qo‘mitasi a’zolari va Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi departamenti vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilish yakunida jamiyat tarkibiy tuzilmalarida mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligini yanada yaxshilash, xavfsiz ish sharoitlarini ta’minlash va xodimlarning mehnat xavfsizligiga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha qator amaliy tavsiyalar berildi.

Возврат к списку