jins

Uztransgaz

28.04.2024


"O‘ztransgaz" AJ va Birlashgan kasaba uyushmalari qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan Jamoa shartnomasida ham ishchi-xodimlarga kerakli qulayliklar, ish va dam olish uchun sharoit yaratish birlamchi maqsad qilib olingan.

“28-aprel Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan shu kunlarda tizim tashkilotlarida Mehnat muhofazasi masʼullari va birlashgan kasaba uyushmasi vakillari bilan hamkorlikda qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ularda mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligiga oid "oltin qoidalar" bo‘yicha bilimlar sinovlari, qiziqarli savol-javoblardan iborat viktorinalar tashkil etishga eʼtibor qaratildi. Shuningdek, ishlab chiqarishda baxtsiz hodisa tufayli jarohat olganlar yoki boquvchisini yo‘qotgan oilalar holidan xabar olish va o‘rnatilgan tartibda ularga moddiy yordam ko‘rsatish ishlari ham tashkil etildi.





Возврат к списку