"O‘ztransgaz" AJda murojaatchilar qabuli davom etmoqda
Uztransgaz
06.12.2023

Rahbariyatning navbatdagi qabulida bir nafar fuqaroning murojaati tinglandi. Murojaatchi J.Kadirbergenov "O‘ztransgaz" AJning shimoliy hududdagi boshqarmalaridan biriga ishga joylashish istagida ekanligini bildirdi. Unga bugungi kunda Jamiyat tizimiga ishga joylashishning ikki bosqichli shaffof tizimi ishlab chiqilganligi tushuntirildi. Unga ko‘ra nomzodlarning bilim va ko‘nikmalari test sinovlari natijasiga ko‘ra baholanishi va sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tganlar maxsus komissiyaning suhbati asosida ishga qabul qilinishi tartibi yo‘lga qo‘yilmoqda. Tanlovda ijobiy baholangan nomzodlar tizim korxonalariga ishga qabul qilinishi mumkin.