"O‘ztransgaz" AJda murojaatchilar qabuli davom etmoqda
Uztransgaz
18.12.2023

Rahbariyatning navbatdagi qabulida bir nafar fuqaroning murojaati tinglandi. Murojaatchi I.Mirxamidov Toshkent tumaniga tabiiy gaz uzatuvchi GTS faoliyati yuzasidan amaliy yordam so‘radi. Unga tabiiy gazni tuman iste'molchilariga taqsimlashning hozirgi holati va mavjud imkoniyatlar haqida tushuntirildi.
