jins

Uztransgaz

12.06.2025


photo_2025-06-12_10-36-35.jpg

Boshqaruv raisi o‘tkazgan navbatdagi qabulga Muborak magistral gaz quvurlari boshqarmasi xodimi va g‘allaorollik fuqaro murojaat bilan kelishdi. Muborak MGQB xodimi boshqa ishga o‘tish masalasida, Jizzax viloyatidan kelgan yurtdoshimiz esa G‘allaorol MGQB balansida bo‘lgan va ayni paytda hokimiyatga o‘tkazib yuborish ko‘zda tutilayotgan inshootga egalik qilish masalasida amaliy yordam so‘radi.
photo_2025-06-12_10-36-36 (2).jpg

Qabulda rahbariyat murojaatlarni diqqat bilan eshitdi. Ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha tushuntirish berildi. Xususan, Muborak MGQB xodimiga mutaxassisligi bo‘yicha hozirgi lavozimi to‘g‘ri ekanligi aytildi. G‘allaorollik fuqaroga esa, chorva boqish uchun mo‘ljallangan qurilmani mahalliy hokimiyat qarori asosida tassarruf etish to‘g‘ri bo‘lishi tushuntirildi.
photo_2025-06-12_10-36-36.jpg

Возврат к списку