"O‘ztransgaz" AJda o‘tkazilgan vorkshop ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) yo‘nalishiga bag‘ishlandi
Uztransgaz
24.11.2025
ESG mutaxassisi tomonidan "UzAssets" AJning ESG eksperti ko‘magida o‘tkazilgan vorkshopda ESG konsepsiyasining mazmuni, uning global va mahalliy miqyosda ortib borayotgan ahamiyati hamda Kompaniyaning uzoq muddatli barqaror rivojlanish strategiyasiga taʼsiri haqida batafsil to‘xtab o‘tildi. ESGning biznes samaradorligi, investorlar ishonchi, tartibga soluvchi talablarga moslashuv va xatarlarni boshqarish bilan bog‘liq jihatlariga ham eʼtibor qaratildi.

Tadbir ishtirokchilari barqaror rivojlanishning o‘zlari uchun eng muhim yo‘nalishlarini mustaqil tarzda aniqlab, Kompaniyada ESGni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tashabbuslarni ilgari surdi. Xususan:
issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish va emissiyalarni boshqarish;
mehnat muhofazasi va xodimlar xavfsizligini taʼminlash - ustuvor vazifalar sifatida keltirildi.

Vorkshop davomida ishtirokchilar ESG mohiyati, kompaniya faoliyatidagi real ahamiyati hamda uning kundalik ish jarayonlariga taʼsiri borasidagi tasavvurlarini boyitishdi. Tadbirning interaktiv formati ham ijobiy kutib olindi va bunday amaliy o‘quv sessiyalarini tizimli ravishda davom ettirishga qiziqish bildirishdi.