"O‘ztransgaz" AJda rahbariyatning navbatdagi qabuli o‘tkazildi
22.12.2023
Qabulda 2 nafar murojaatchining so‘zlari tinglandi. "O‘ztransgaz" AJ bilan shartnoma asosida hamkorlik qilayotgan MCHJ rahbari kelgusi yilda ham hamkorlikni davom ettirish istagida ekanligini bildirdi. Murojaatchiga hamkor tanlash ochiq asosda o‘tkaziladigan tenderlar natijasiga ko‘ra qonuniy asosda aniqlanishi bildirildi.
Navbatdagi fuqaro O‘rta Chirchiq tumani "Rovatak" mahallasining quyi qismidagi xonadonlarda tabiiy gaz bosimi havo sovuq kunlari pasayib ketayotganiga barham berish bo‘yicha amaliy yordam so‘radi. Bu masala yechimi hamkor tashkilotga taalluqli bo‘lgani uchun “O‘ztransgaz” AJ tomonidan xat orqali yo‘naltirilishi tushuntirildi.