O‘ztransgaz” AJda "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" shiori ostida bilimlar bellashuvi o‘tkazildi
Uztransgaz
29.08.2025

Alisher Navoiy nomidagi Respublika Milliy kutubxonasida "O‘ztransgaz" AJ ijroiya apparati Kasaba uyushma qo‘mitasi Respublikamiz mustaqilligining 34 yillik bayrami va "Neft va gaz sanoati xodimlari kuni" munosabati bilan "ZAKOVAT QUIZ" bilimlar o‘yini tashkil etdi.

"Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" shiori ostida “Zakovat” NNT bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda ijroiya apparat departamentlari va mustaqil bo‘limlarida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar hamda yoshlardan tashkil topgan jamoalar o‘zaro kuch sinashdilar. Chuqur fikrlash va hamjihatlikdagi anjumanda bayramona kayfiyat hukm surdi. Vatan tarixi, mustaqillik yillaridagi o‘zgarishlar va boshqa turli yo‘nalishlarga oid savollarga qizg‘in muhokamalar asosida javob qaytarilgan tadbirda ishtirokchilar o‘z bilim va zukkoliklarini namoyish etib, jamoaviy ruhda kurash olib borishdi.

Asosiy maqsadi – xodimlar o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlash, intellektual salohiyatni oshirish va jamoaviylikka daʼvat qilishdan iborat bo‘lgan, qiziqarli va sermazmun o‘yinlar yakunida eng ko‘p ball to‘plagan jamoalar g‘oliblar sifatida e'tirof etildi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

