jins

Uztransgaz

24.09.2025

Har yili o‘tkazilishi an’anaga aylanib borayotgan “Xon Atlas” oyligi xalqimizning boy madaniy merosini qadrlash, uni targ‘ib qilish va yosh avlodga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu tadbir milliy qadriyatlarimiz, nozik did va badiiy tafakkurimizning yorqin timsoli hisoblanadi. Chunki asrlar davomida ajdodlarimiz yaratgan atlas, adras va beqasam kabi milliy matolar nafaqat libos, balki xalqimizning ma’naviy boyligi va o‘ziga xos ramziga aylangan.

O‘zbekiston bo‘ylab 2025-yil sentabr oyida nishonlanayotgan “Xon Atlas” oyligi doirasida “O‘ztransgaz” AJ Ijroiya apparati va uning tarkibiy tuzilmalari xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.

Tadbir davomida xodimlar milliy liboslarda qatnashib, ishtirokchilarga atlas, adras va beqasam matolarining tarixi, tayyorlash usullari va ularning zamonaviy modadagi o‘rni haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etishmoqda.

Oylik doirasida milliy liboslar namoyishlari ham tashkil qilinib, xodimlar o‘rtasida milliy g‘urur, birdamlik va qadriyatlarga hurmat tuyg‘usi yanada mustahkamlanmoqda.

Возврат к списку