jins

Uztransgaz

27.01.2026



“O‘ztransgaz” AJda xotin-qizlar maslahat kengashining yillik hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda jamiyat boshqaruv raisining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Lola Sharipova ishtirok etdi.

Yig‘ilishda boshqarmalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar maslahat kengashi yetakchilari yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar taqdim etishdi. Joriy yil xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlashga qaratilgan ko‘plab tadbirlarga boy bo‘lgani ta’kidlandi.

Shuningdek, amalga oshirilgan ishlar ijobiy baholanib, kelgusi yil uchun ham xotin-qizlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ko‘plab tadbirlar va tashabbuslar rejalashtirilgani qayd etildi.

Возврат к списку