"O‘ztransgaz" AJda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
Uztransgaz
05.07.2023

Unda "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, siyosiy fanlar nomzodi M.Yo‘ldosheva ishtirok etib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bugungi islohotlarning maqsadi haqida so‘z yuritdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga oid qonun hujjatlari, saylov komissiyalari va ularning vakolatlari, "Saylov kodeksi" yangiliklari to‘g‘risida ma’lumot berdi. Uchrashuvda mamlakatimizda 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy jarayon - prezidentlik saylovida faol ishtirok etishga chaqirildi.


