"O‘ztransgaz" AJning bayonoti
14.03.2020
Ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan "FARG‘ONADA "GAZ ZAPRAVKALAR" NEGA IShLAMAYaPTI? "HUDUDGAZ FARG‘ONA" MChJ XALQNI YaNA QANChA SARSON QILMOQChI?" sarlavhasi ostida joylashtirilgan maqola "O‘ztransgaz" AJ tomonidan o‘rganib chiqildi.
Farg‘ona viloyat prokuraturasi tomonidan 2019 yil iyul va sentabr oylarida AGTKShlarga yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun qo‘shimcha ajratilgan fond doirasida 1.4 koeffitsent qo‘llanilmagani oqibatida viloyatdagi 58ta AGTKShda qarzdorliklar aniqlanganligi yuzasidan tergov jarayonlari olib borilmoqda.
Shu sabab AGTKShlarga vaqti-vaqti bilan grafik asosida tabiiy gaz yetkazib berilish qisman qisqartirilgan.
Bugungi kungacha, 58 ta AGTKShlardan ayrimlari qayta hisoblangan summani to‘liq, ayrimlar qisman o‘z hisobidan viloyat prokuraturasining depozit hisob-raqamiga to‘lab berishdi.
2020 yil 11 mart kunidan viloyatdagi barcha AGTKShlar to‘liq faoliyat yuritmoqda.
"O‘ztransgaz" AJ Matbuot xizmati.