“O‘ztransgaz” Aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi Qirg‘iziston Respublikasi Energetika va sanoat vaziri bilan uchrashdi
Uztransgaz
17.11.2021
“O’ztransgaz” AJ Boshqaruv raisi B.Narmatovning Qirg’iziston Respublikasi Energetika va sanoat vaziri D.Bekmurzaev boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuvida neft va gaz sohasida ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi. Respublikalar o‘rtasida mavjud do'stona munosabatlarini davom ettirish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish imkoniyatlari ko’rib chiqildi.

Tomonlar Qirgʻizistonning Turkmanistondan sotib olgan tabiiy gazini Oʻzbekiston magistral gaz tarmog’i orqali tranzit qilish bo'yicha maslahatlashdilar. “Shimoliy So’x” gazni yer ostida saqlash inshootidan birgalikda foydalanish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.