jins

Uztransgaz

30.03.2020

Yurtimizda koronavirus infeksiyasi tarqalib ketishining oldini olish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash maqsadida “O‘ztransgaz” AJga yuborilayotgan qog‘oz shaklidagi hujjatlar, xat-xabarlar va xizmatga oid barcha yozishmalarni jamiyat binosiga kiritish vaqtincha to‘xtatiladi.

Hujjatlar faqat e-xat elektron axborot almashinuvi tizimi exat@uztransgaz.uz orqali, Ye-xat tizimiga ulanmagan korxona va tashkilotlar esa info@utg.uz elektron pochta manzili orqali yuborishlari so‘raladi (ushbu masala yuzasidan jamiyat devonxonasiga murojaat qilish mumkin, tel: (71) 239-12-03).

Fuqarolar va yuridik shaxslar vakillarini “O‘ztransgaz” AJ binosida qabul qilish vaqtincha to‘xtatiladi. Barcha murojaatlar elektron ko‘rinishda (info@utg.uz manzili orqali) qabul qilinadi (ushbu masala yuzasidan Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi xodimlari bilan (71) 239-89-65 yoki (99) 0104593 telefon raqamlari orqali bog‘lanishingiz mumkin).

"O‘ztransgaz" AJ Matbuot xizmati

Возврат к списку