jins

Uztransgaz

13.03.2020

4.jpgAvval xabar berilganidek, “O‘ztransgaz” AJda yoshlar faoliyati va ularning tizim rivojidagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarga e’tibor har qachongidan ortgan. Tizimda mehnat qilayotgan yoshlar bilan uchrashuvlar an’anaviy tus olmoqda. Navbatdagi anjumanda 200 nafarga yaqin xodimlar bir davraga jam bo‘lishdi.

Qadimiy osori atiqalarga boy Xorazm o‘lkasi mezbonlik qilayotgan bu safargi “Yoshlar anjumani”ga Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faollari bilan birga jamiyat tasarrufidagi barcha korxonalarning rahbarlari  va Kasaba uyushmalari boshlang‘ich tashkilotlari faollari ham taklif etildi. Ayni daqiqalarda ishtirokchilar “Urganchtransgaz” Unitar korxonasida “O‘ztransgaz”AJ  Boshqaruvi raisi Ulug‘bek Sayidov boshchiligida tizimidagi barcha korxonalarning rahbarlari bilan bir davraga jam bo‘lib, soha rivoji yo‘lida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar va ularda yoshlarning ishtiroki haqida yuzma-yuz suhbatlashmoqdalar. Suhbatda bundan avvalgi uchrashuvda yoshlar tomonidan o‘rtaga tashlangan fikrlar qay darajada amalga oshirilganiga e’tibor qaratilmoqda.

3.jpgBugun ilg‘or va kreativ fikrlar, aniq takliflar nimalardan iborat? Tashabbuslarni amalga oshirish uchun qanday sun’iy to‘siqlar mavjud? Yoshlarning samarali mehnat qilishlariga nimalar halaqit bermoqda? Uchrashuvda shu kabi savollarga javob izlanmoqda. Tadbir ishtirokchilari o‘z mehnat jamoalarida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimi muhokamalar haqida so‘z yuritmoqda.

Uchrashuvdan so‘ng ishtirokchilar “Urganchtransgaz” UK tizimidagi ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishadilar. 2 kunlik dasturdan “Million tup daraxt” o‘tqazish aksiyasida va Sumalak saylida ishtirok etish hamda Xiva shahridagi ochiq osmon ostidagi muzey Ichanqal’a majmuasiga sayohat ham o‘rin olgan.

“O‘ztransgaz” AJ Matbuot xizmati  

Возврат к списку