jins

Uztransgaz

16.03.2020

1.jpgXabar berilganidek, “Urganchtransgaz” Unitar korxonasiga qarashli O‘quv-sog‘lomlashtirish markazida jamiyat tarkibiy tuzilmalariga qarashli Gaz taqsimlash stansiyalarining operatorlari uchun o‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda. Joriy yil dasturiga ko‘ra tizimdagi 800 nafarga yaqin operatorlarning malakasini oshirish ko‘zda tutilgan. Bugungi kunda 300 nafardan ortiq mutaxassis malaka oshirib o‘z ish joylariga qaytdilar. Ularning o‘qishga kelgan vaqtida va mashg‘ulotlardan keyin topshirgan test natijalari taqqoslanganida, bilimlar darajasida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda.

 Kuni kecha “O‘ztransgaz” AJ boshqaruvi raisi Ulug‘bek Sayidov va tuzilmalar rahbarlari Urganchda o‘tgan Yoshlar forumida ishtirok etar ekan, O‘quv markazida ham bo‘lib, o‘quv mashg‘ulotlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Tinglovchilar tomonidan o‘quv jarayonini yanada yaxshilash yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Mavjud kamchiliklarni hal etish borasida tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Ayni kunda O‘quv markazida 61 nafar operator ta’lim olmoqda. Tinglovchilar bilan uchrashuvda ulardan ish jarayonidagi va shaxsiy hayotidagi muammolari to‘g‘risida fikr almashildi. Malaka oshirayotgan mutaxassislar O‘quv markazida tashkil etilgan shart-sharoitlar va ta’lim berayotgan ustozlardan minnatdorligini bildirishdi. Boshqaruv raisi asosli takliflarni inobatga olinishi haqida mutasaddilarga ko‘rsatma berdi.

Uchrashuvda o‘quv kurslarining faol mutaxassislari taqdirlandi. Ularga rahbariyat nomidan “Tashakkurnoma” va esdalik sovg‘alari topshirildi.

“O‘ztransgaz” AJ Matbuot xizmati      

Возврат к списку