jins

Uztransgaz

31.12.2025

photo_2025-12-31_16-45-11.jpg
“O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati ishchi xodimlar va faol yoshlar bilan uchrashdi

Yangi yil arafasida “O‘ztransgaz” AJ rahbari boshchiligida Jamiyat mehnat jamoasi hamda faol yoshlar bilan muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda videoaloqa orqali tizim tashkilotlari vakillari ham ishtirok etishdi.

photo_2025-12-31_16-45-12 (2).jpg

Uchrashuvda joriy yil yakunlari, erishilgan natijalar va kelgusi yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Xodimlar va yosh mutaxassislarning fidokorona mehnati eʼtirof etilib, ularning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash muhimligi taʼkidlandi. Shuningdek, yoshlarning kasbiy rivoji, bilim va malakasini oshirish hamda innovatsion yondashuvlarni amaliyotga joriy etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

photo_2025-12-31_16-45-12.jpg

Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda ishtirokchilar tizimda yaratilayotgan imkoniyatlar uchun minnatdorlik bildirib, jamoadoshlarni kirib kelayotgan yangi yil bilan tabriklashdi.

Muloqot yakunida Jamiyat rahbari barcha xodimlar va yoshlarni yangi yil bilan tabriklab, kelgusi yilda belgilangan vazifalarni hamjihatlikda muvaffaqiyatli amalga oshirishga tilak bildirdi. 

photo_2025-12-31_16-48-02.jpg

Возврат к списку