jins

Uztransgaz

26.08.2025


Bosh prokuratura mas’ul xodimi ishtirokida videokonferens aloqa shaklida o‘tgan yig‘ilishda Hisob palatasi tomonidan davlat xaridlari doirasida manfaatlar to‘qnashuvi va affilanganlik holatlari masofaviy auditdan o‘tkazilganligi aytib o‘tildi. Amalga oshirilgan xaridlar va aniqlangan kamchiliklar to‘g‘risida so‘z bordi. 
photo_2025-08-26_14-25-19 (2).jpg
Qonun buzilishlari — mansabdor shaxslarning o‘zi yoki yaqin qarindoshlari ta’sischiligidagi korxonalarning davlat xaridlarida ishtirok etishi, ularga sharoit yaratishi, xarid komissiyalari tomonidan takliflarni noxolis baholanishi, manfaatlar to‘qnashuvi haqida xabar bermaslik hamda ma’lumotlarni yashirish, xarid ishtirokchisi va uning affillangan shaxsi elektron savdolarning ayni bitta lotida ishtirok etishga davlat xaridlari elektron tizimlarida cheklov o‘rnatilmaganligi kabi holatlar tufayli kelib chiqishi ko‘rsatib o‘tildi. Bunday holatlarga yo‘l qo‘yish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi  tushuntirildi.
photo_2025-08-26_14-25-19 (3).jpg

Возврат к списку