jins

Uztransgaz

31.03.2022


Videoaloqa shaklida bo'lib o'tgan tadbirda O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushma Respublika Kengashi vakillari, "O'ztransgaz" AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi vakillari, tizim korxonalarining Kasaba uyushma qo‘mita raislari va saylangan delegatlar ishtirok etdi.

Konferensiyada "O‘ztransgaz" AJ Jamoa shartnomasining 2021-yilda bajarilishi bo‘yicha hisobot o‘qib eshittirildi. Taʼkidlanishicha, Kasaba uyushmalarining mablag‘lari manzilli asosda, belgilangan rejalar doirasida maqsadli sarflangan. Uchrashuvda Jamoa shartnomasida belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan taftish komissiyasi tomonidan tuzilgan dalolatnomani tasdiqlash va “O‘ztransgaz” AJning 2020-2022-yillar  Jamoa shartnomasiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish masalalari ham ko‘rib chiqildi. 2021-yilda amalga oshirilgan ishlar hisoboti bo‘yicha tuzilgan dalolatnoma bir ovozdan tasdiqlandi. Shartnomaning ayrim qismlariga kiritilgan, ishchi-xodimlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ijobiy o‘zgarishlar ma'qullandi.


Возврат к списку