jins

Uztransgaz

16.08.2024

"O‘ztransgaz" aksiyadorlik jamiyatida "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi hamda shu sohaga taalluqli bo‘lgan qonunlarni o‘rganishga bag‘ishlangan navbatdagi Respublika seminari bo‘lib o‘tmoqda. "O‘ztransgaz" AJ tizimidagi korxona va tashkilotlarning murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha masʼul xodimlari hamda Personal bilan ishlash menejerlari ishtirokida videokonferens aloqa shaklida o‘tayotgan mashg‘ulotlarga Adliya vazirligidan mutaxassislar taklif etildi.

Tadbirda murojaatlar turlari, ularni rasmiylashtirish va masalalar yechimi borasida ishlarni to‘g‘ri tashkil qilish, fuqarolarning huquqlari yoki buzilgan huquqlarini tiklash masalalarida eʼtibor qaratilishi kerak bo‘lgan qonuniy jihatlarga to‘xtab o‘tilmoqda.

Возврат к списку