“O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyatida kitob yarmarkasi o‘tkazildi
Uztransgaz
12.08.2025

Kitob – beminnat ustoz, bilim manbai, ma’naviyat sarchashmasi. “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyatida kitob yarmarkasi tashkil etishdan asosiy maqsad ham xodimlarining ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, ularni boy madaniy merosimizga hurmat ruhida tarbiyalash hamda kitobxonlik madaniyatini oshirish.

Ushbu yarmarkada xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan o‘zbek va jahon adabiyotining namunalarini xarid qilishdi.