jins

Uztransgaz

08.07.2024

"Oʻztransgaz" AJ boshqaruv raisi Qoraqalpog‘iston hududidagi magistral gaz quvurlarida mehnat qilayotgan ayollar jamoasi bilan uchrashdi. Unda xotin-qizlar o'zlarining ish jarayoni, duch kelayotgan qiyinchiliklari va muvaffaqiyatlari haqida so'zlab berishdi. Akchalokdagi muloqot o'zgacha iliqlik bilan o'tkazildi, har bir ishtirokchining fikrini tinglandi va qimmatli maslahatlar berildi. 

Boshqaruv raisi uchrashuvda, kompaniyaning rivojlanishi va muvaffaqiyati yo'lida ayollarning hissasi katta ekanligini ta’kidladi. Uning fikricha, ayollar nafaqat ishda, balki oilada ham katta mas’uliyatni o'z zimmasiga olishadi va bu ikki yo'nalishni muvaffaqiyatli olib borish qobiliyatiga ega ekanliklari bilan alohida e’tirof etilishga loyiq.

Uchrashuv yakunida mehnatda ibrat bo‘layotgan bir guruh ayollarga esdalik sovg’alari topshirildi. Bu sovg’alar nafaqat e’tirof, balki ularning mehnati va fidoyiligi uchun minnatdorchilik ifodasi edi. Bu esa o'z navbatida ayollarga qo'shimcha ruhiy ko'tarinkilik va yangi yutuqlarga erishishga ilhom bag'ishladi.

"Oʻztransgaz" AJda ayollarga qaratilgan bu e’tibor va hurmat kompaniya rahbariyatining inson kapitaliga bo'lgan e'tiborining yorqin namunasi bo'lib, bunday uchrashuvlar kelajakda ham davom etadi.

Возврат к списку