“O‘ztransgaz” faxriylari doimo e’tiborda
Uztransgaz
08.05.2025
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati tizimida uzoq yillar fidokorona mehnat qilgan faxriylar holidan xabar olindi.

Bugungi kunda “O‘ztransgaz” AJ tizimida 8 mingdan ortiq xodim faoliyat yuritmoqda. Jamiyat esa o‘zining sobiq xodimlarini hech qachon e’tibordan chetda qoldirmaydi. Ushbu muhim sana munosabati bilan tizim rahbariyati va xodimlari tomonidan faxriylar xonadonlariga tashrif buyurildi, samimiy muloqotlar o‘tkazildi.

Tashrif davomida faxriylarimizga zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami topshirildi. Ularning fidokorona mehnat yo‘li yoshlarga ibrat sifatida alohida ta’kidlandi.

“O‘ztransgaz” AJ faxriylar bilan doimiy aloqada bo‘lib, ularni qadrlashni o‘zining insoniy burchi deb biladi.