jins

Uztransgaz

16.12.2021



Akbarali Abdullaev - Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasi DKS-5 sexi mexanik qurilmalarni ta’mirlash xizmatining yetakchi muhandisi.

2006-yildan "Gazenergoservis" Gazli uchatskasida elektr chilangar sifatida ish boshlagan A.Abdullaev 2014-yildan buyon Gazli MGQBda ishlaydi. 

Dvigatel - agregatning yuragi. Uni ta’mirlash esa muhandis va chilangarlardan yuqori bilim va tajriba, katta mas’uliyat talab qiladi. Dvigatel orqali gaz uzatish tizimidagi gaz haydash agregatlarining  barqaror ishlashi ta’minlanadi. Akbarali gaz haydash agregatlarining dvigatellarini ta’mirlash va qurilmaga o‘rnatib ishga tushirish  vazifalariga mas’ul. 

Hozirda u 8 nafar shogirdlarga kasbining mashaqqatlari, siru asrorlarini o‘rgatib kelmoqda. 

Yaqinda  Abdullaevning rahbarligi ostida ДУ80Л1 rusumli dvigateli ekspluatasiya sharoitida ta’mirlanib, TKA-100  gaz haydash agregatiga o‘rnatildi va 72 soatlik muvaffaqiyatli sinov davridan o‘tib, benuqson ishlamoqda.

Возврат к списку