O‘ztransgaz fidoyilari
Uztransgaz
06.01.2022

Toshtemir Sa'dullayev Kogon Magistral gaz quvurlari boshqarmasining Kompressor stantsiyasini ekspluatatsiya qilish xizmatida mashinist bo'lib ishlaydi. U 25 yildan ortiq vaqt mobaynida shu sohada mehnat qilib kelayotgan fidoyilardan biri.
2021 yilda u gaz haydash agregatlarni (GHA) kuz-qish mavsumiga tayyorlash maqsadida joriy va mukammal ta'mirlashda faol ishtirok etdi. Kompressor stantsiyasidagi GHA larga yangi ROTORlar o'rnatildi. Bu esa katta mas'uliyat talab qilinadigan o'ziga xos murakkab ish. Buning natijasida agregatlarning ish unumdorligi oshdi. Bu tadbirdan so'ng agregatlarda ishonchlilik darajasi ortib, barqaror ishlashi ta'minlandi va tabiiy gaz o'tkazuvchanligi avvalgiga nisbatan 1.5 barobarga ortdi.
T.Sa'dullayev malakali mutaxassis va mehribon ustoz sifatida jamoada hurmat qozongan. Boshqarmada jiddiy va muhim vazifalar paydo bo'lganida darhol Toshtemir aka kabi mutaxassislar mas'uliyatni zimmalariga olishadi. Joriy yilda qutlug' yoshi nishonlanadigan Toshtemir aka kabi mutaxassislar soha faoliyatida o'z kasbining ustalari sifatida hurmat va e'tiborga sazovordirlar.