jins

Uztransgaz

20.01.2022


     Gazli MGQB yetakchi muhandisi Xoliq Rajabov tizimda mehnat qilayotganiga qariyb chorak asr bo‘lgan. Bu vaqt ichida u o‘z kasbining ustasi sifatida shakllanibgina qolmay, eng mehnatsevar va ustoz murabbiylardan biriga aylangan. Boshqarmadagi yakuniy siquvchi kompressor stansiyasi texnik qurilmalarni taʼmirlash xizmati ishini X.Rajabovsiz tasavvur etish qiyin.

     Peshku tumanida tug‘ilgan Xoliq akaning asli kasbi gazchi. Ichdan yonar dvigatellar bo‘yicha mutaxassis Buxorodagi Gaz sanoati texnikumida tahsil olgan. Xoliq Savriyevich umrining asosiy qismi murakkab ob-havoli cho‘lda, Gazli shaharchasi bilan chambarchas bog‘liq. Bahorda shabbodasi tanaga xush yoqsa, qishda yuzni chimchilovchi izg‘irinlari bilan ham bu bepoyon kengliklar Xoliq aka uchun qadrli. Bugun uning o‘nlab izdosh shogirdlari bor. - Gaz korxonalarida mehnat qilishning o‘ziga xos masʼuliyati bor, bu ishda bir zumga bo‘lsada hayol surib bo‘lmaydi, deydi X.Rajabov. 

Возврат к списку