"O‘ztransgaz" tizim korxonalarida energiya tejamkor qurilmalar o'rnatilmoqda
Uztransgaz
14.07.2022
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalar hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish davlat siyosatining dolzarb yo‘nalishlaridan biridir. Xususan, davlat idoralari va tashkilotlari o‘z balansidagi bino-inshootlarda yoritish tizimlari uchun energiya tejamkor qurilmalarni o‘rnatish tartibi yo‘lga qo‘yilganligi shu yo‘nalishdagi ishlar sifatida ahamiyatlidir.

"O‘ztransgaz" AJ tarkibiy tuzilmalari va korxonalarida ham bu borada qator tadbirlar amalga oshirilyapti. Gazli MGQBning DKS-5 gaz siquv kompressor stansiyasi hududida mavjud yoritgichlar quyosh batareyali zamonaviy yoritgichlarga almashtirilmoqda.