"O‘ztransgaz" tizimida tahliliy uskunalar bloklari o‘rnatilmoqda
Uztransgaz
11.10.2022
"O‘ztransgaz" AJ tizimida tabiiy gaz sifatini nazorat qilishga alohida eʼtibor qaratiladi. Chunki, yetkazib berilayotgan tabiiy gazning sifati past bo‘lsa - texnologik uskunalar to‘xtab qolishi, kompressor stansiyalarida avariya holatlari, quvurda oqmalar paydo bo‘lishi va gaz hajmining texnik yo‘qolishiga olib keladi.
Bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida tahliliy uskunalar bloklarini o‘rnatish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Xromatograf va analizatorlar - tabiiy gaz tarkibi, oltingugurt va merkaptan oltingugurt miqdorini, shuningdek, namlik va uglevodorodlar uchun shudring nuqtasi haroratini doimiy ravishda aniqlaydi. Bu parametrlar tabiiy gazning asosiy sifat ko‘rsatkichlaridir.
Loyiha doirasida Muborak, Gazli MGQB "Urganchtransgaz" UK tasarrufidagi bo‘linmalarga bloklar o‘rnatilgan edi. 11-oktabrda Aqchaloq MGQB "Arslon" o‘lchov uzeliga o‘rnatilgan blok foydalanishga topshirildi.