“Oʻztransgaz” xodimlari Buxoroda sport musobaqasida ishtirok etishdi
Uztransgaz
13.05.2025
“Oʻztransgaz” aksiyadorlik jamiyati xodimlari Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan sport musobaqasida faol ishtirok etdi. Tadbir doirasida futbol, voleybol, shaxmat va shashka kabi sport turlarida qiziqarli bahslar bo‘lib o‘tdi.
Musobalar yuqori kayfiyat, do‘stona muhit va sog‘lom raqobat ruhida o‘tdi. Bu — nafaqat sport bellashuvi, balki jamoaviylikni kuchaytiruvchi haqiqiy team building bo‘ldi.
Mazkur tadbir “Boshqaruv raisi kubogi” doirasida tashkil etilib, g‘olib va sovrindorlar medal, kuboklar hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Bu kabi safarlar xodimlar o‘rtasida birdamlikni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, yurtimiz ichki turizmini rivojlantirishga ham xizmat qiladi.