jins

Uztransgaz

30.06.2022

Toshkent shahri “Maʼrifat markazi”da “O‘ztransgaz” AJ tomonidan tashkil etilgan "Yoshlar forumi" boshlandi. 

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori hamda "O‘ztransgaz" AJning shu yo‘nalishdagi dasturining ijrosi doirasida "Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!" shiori ostida o‘tkazilgan Yoshlar forumiga Jamiyat ijroiya apparati va respublikamizning turli hududlaridagi tarkibiy bo‘linma hamda tashkilotlaridan 100 nafarga yaqin ishchi-xodim taklif etildi. 

Forumning ochilish marosimida tizim yoshlari “O‘ztransgaz” AJ boshqaruv raisi Behzot Narmatov bilan bevosita suhbatlashishdi. 

Jamiyatda faoliyat yurituvchi yoshlar oddiy va samimiy ruhda bo‘lib o‘tgan suhbat davomida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Boshqaruv raisi jurnalistlarning savollariga ham javob berdi.

Forum davomida “Shaxsiy  rivojlanish”  va "Liderlik psixologiyasi" mavzularida treninglar, “Zakovat” intellektual o‘yini, Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohat kabi tadbirlar o‘tkaziladi.




Возврат к списку