Ogohlik - davr talabi!
Uztransgaz
16.07.2022

Muborak MGQBning "GKS-0" xizmati “B” sexida avariya holatlarini bartaraf etish bo‘yicha o‘quv taktik mashg‘uloti o‘tkazildi. Tadbir jarayonida - (shartli) jabrlangan xodimni xavfsiz hududga olib chiqish va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etish ishlari amalda bajarildi.

Mashg‘ulot yakunida mutaxassislar “B” sexi ishchi-xodimlarining favqulodda holatlarga tayyorgarlik darajasini baholadilar. Magistral gaz quvurlari tizimiga xizmat ko‘rsatuvchi har bir kishi o‘ta xushyor va eʼtiborli, favqulodda vaziyatlarda tezkor va to‘g‘ri harakat qila olishlari zarurligi taʼkidlandi.




