jins

Uztransgaz

16.03.2023

Toshkent magistral gaz quvurlari boshqarmasi, "Ohangaron" GSSda tasdiqlangan reja asosidagi ishlar davom etmoqda. 100-GHAda olib borilayotgan joriy taʼmirlash shular jumlasidan. Tadbir davomida asosiy va yordamchi uskunalar texnik ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. 

Havo tozalash qurilmasida, kompressor podshipniklar va gaz zichlovchi uskunalarda, filtr-separator blogida texnik ko‘rik ishlari, NK-16-18ST gaz turbinali dvigatel  va kompressor moy baklaridan TP-22S markali moyni tahlilga olish, yoqilg‘i gaz separatorini ichki ko‘rikdan o‘tkazish tadbirlari agregat faoliyatida samaradorlikning ortishiga xizmat qiladi.



Возврат к списку