jins

Uztransgaz

27.10.2022

Respublika Vazirlar Maxkamasining “Yong'inlar profilaktikasi kunlarini o'tkazish va yong'in xavfsizligi choralarini kuchaytirish to'g'risida”gi Qarori, hamda O'ztransgaz AJningtegishli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida,  “Ohangaron” GSS hududida yong'inlarni oldini olishga bag'ishlangan keng qamrovli profilaktik tadbir o'tkazildi.

Unda Ohangaron tumani FVB hodimlari qatnashib, tuman hududida so'nggi 9 oy mobaynida sodir bo'lgan yong'inlar, ular tufayli etgan talafotlar va yong'inlardan ko'rilgan moddiy zarar, hamda ushbu yong'inlar sodir bo'lishining asosiy sabablari to'g'risida ma'lumot beridi.

Shuningdek, uchrashuv mobaynida “Ohangaron” GSS sanoat maydoni muhandis va ishchi xodimlarini yong'in texnikasi, yong'in-texnik qurollari va anjomlari turlari, vazifasi, hamda ishlatish qoidalari bilan yana bir bor tanishtirildi.


Возврат к списку