jins

Uztransgaz

21.10.2022

“O‘ztransgaz” AJ Toshkent MGQBsiga qarashli “Ohangaron” kompressor stansiyasida gaz haydash agregatlarida vibro-diagnostik tekshiruv ishlari o‘tkazilmoqda. Bu tadbir Kompressor stansiyalarini ekspluatatsiya qilish departamenti va G‘allaorol MGQB KS-3B Yangiyer KSning malakali mutaxassislari yordamida bajarilmoqda.    

Belgilangan rejadagi  ishlar - ayni vaqtda ishlab turgan gaz haydash agregatlarining asosiy  va qo‘shimcha qurilmalarini hamda quvurlarini yuqori aniqlikda ishlovi “Topaz-M” vibroanalizatori yordamida diagnostika ko‘rigidan o‘tkazish, agregatlarda o‘rnatilgan IV-D-PF-2 rusumli tebranishlarni doimiy nazorat qilish va himoyalash qurilmalarni sozlash kabilarni o‘z ichiga oladi. “Ohangaron” KSni 2022/2023 - yillar kuz-qish mavsumida ishlashi va himoyasining ishonchliligini oshirishga qaratilgan bu tadbirlar - Farg‘ona vodiysi isteʼmolchilarini tabiiy gaz bilan barqaror taʼminlashda muhim ahamiyatga ega.



Возврат к списку