jins

Uztransgaz

22.10.2021

Dunyoda mamlakatlar, millatlar ko‘p. Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda 6 mingga yaqin til va shyeva bo‘lsa, ulardan bor-yo‘g‘i 100 ga yaqini davlat tili maqomiga ega ekan. Ana shunday nufuzli tillardan biri - o‘zbek tilidir. Yurtimizda “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilingan kunning ulkan tarixiy o‘rni va ahamiyatidan kelib chiqqan holda, 21 oktabr sanasi “O‘zbek tili bayrami kuni” deb belgilangan va bu bayram mamlakat bo‘ylab keng nishonlandi. Kuni-kecha mamlakat Prezidenti respublikamiz xalqiga bayram tabrigi yo‘lladi. Unda jumladan;


...So‘nggi yillarda O‘zbekistonda barcha soha va tarmoqlar kabi ona tilimiz qadri va nufuzini yanada oshirish borasidagi siyosat va amaliy ishlarimiz ham yangi bosqichga ko‘tarilayotganidan xabardorsiz. Buning tasdig‘ini o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi va obro‘-e’tiborini tubdan oshirish bo‘yicha qabul qilingan tarixiy farmon va qarorlar misolida yaqqol ko‘rish mumkin.


Ana shunday sa’y-harakatlarimiz natijasida ona tilimiz nafaqat mamlakatimizda, balki jahon miqyosida ham o‘zining munosib o‘rni va mavqeiga ega bo‘lib bormoqda. Ayniqsa, ona tilimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining yuksak minbarida, ulkan siyosiy sammit va uchrashuvlarda baralla yangrab, tinchlik, do‘stlik va hamkorlik vositasiga aylanib borayotgani barchamizni quvontiradi.

Vazirlar Mahkamasi tarkibida Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi samarali faoliyat ko‘rsatib, g‘oyat muhim bu sohadagi ishlarni muvofiqlashtirib kelmoqda...


“O‘ztransgaz” AJ va uning tarkibiy tuzilmalarida ham bayramga bahishlangan qator tadbirlar tashkil etildi. Boshqaruv raisining Ma’naviy tadbirlarning boshqarmalarda davom ettirilishini ko’zda tutuvchi alohida buyrug‘i ishlab chiqilgani esa bu boradagi tadbirlar uchun dastur sifatida ahamiyatli bo’ldi. 


Boshqaruv apparati va hududiy boshqarmalarning rahbarlari va faol xodimlari ishtirokida videokonfyerens aloqa shaklida o‘tgan uchrashuvni ana shu tadbirlar sirasiga kiritish mumkin. Unda so‘z olganlar o‘zbek tilining millat sha’ni ekanligi, uni asrash va hayotimizdagi o‘rnini mustahkamlash ishi - shu millat vakili sifatida har birimizning burchimiz ekanligi ta’kidlandi. O‘zbek tilini tarannum etuvchi she’rlar o‘qildi. Hududiy boshqarmalarda o‘tgan ma’rifiy tadbirlarda kuy-qo‘shiqlar ham ijro etildi.




Возврат к списку