Onlayn muloqotda yigirmaga yaqin fuqaro o‘z savollariga javob oldi
Uztransgaz
02.04.2025

Bugun “O‘ztransgaz” AJ telegram kanali orqali "O‘ztransgaz" AJ faoliyatiga oid savollar yuzasidan murojaatchilar bilan onlayn muloqot o‘tkazildi. “Savol bering - javob beramiz” loyihasida 20 nafarga yaqin fuqaroning turli mavzulardagi savollariga "O‘ztransgaz" AJning mas'ullari tomonidan javob qaytarildi. Huquqiy jihatdan ma'lumotlar berildi va murojaatlar qanoatlantirildi.

Murojaatchilar bilan ishlash borasidagi yangi loyiha davom etadi. Kelgusi muloqot vaqti haqida "O‘ztransgaz" AJ rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ma'lum qilinadi.

