Oqqo‘rg‘onda 6000ga yaqin xonadon va ulgurji isteʼmolchining gaz taʼminoti yaxshilandi
Uztransgaz
20.12.2023

Shu kungacha Oqqo‘rg‘on tuman aholisiga tabiiy gaz “Bo‘ka” gaz taqsimlash stansiyasidan berilgan. 19 mingdan ortiq isteʼmolchisi bo‘lgan hudud uchun esa bu muammo edi. Havo sovib ketgan sharoitda bunga tezkor chora ko‘rish zaruriyati yuzaga keldi. Endilikda Oqqo‘rg‘onning “Sultonobod”, "S.Tegizboyev", "S.Rahimov", “Qo‘rg‘oncha”, “Birlik” va “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi 5640 ta aholi xonadoni hamda hududdagi 147 ta ulgurji isteʼmolchi alohida tarmoqda. Natija esa raqamlarda: gaz uzatish masofasi 16 kilometrga qisqargan, bosim ikki barobarga ortgan.
"Olimkent Avto Reys" GTSga qurib bitkazilgan yangi tarmoq o‘z vaqtida va muammoning to‘g‘ri yechimi bo‘ldi. Hudud isteʼmolchilarining qariyb 30 foizi alohida tarmoqqa o‘tkazilishi bilan markazdagi 7 mingga yaqin aholi xonadoniga gaz yetkazib berish yaxshilandi. "O‘ztransgaz" AJning bu tadbiri - tizimdagi xayrli ishlarning bir namunasi.

