Oqqo‘rg‘onlik isteʼmolchilarning tabiiy gaz taʼminoti yaxshilandi
Uztransgaz
12.12.2023
Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumaniga tabiiy gaz yetkazib beruvchi "Alimkent Avtoreys" gaz taqsimlash stansiyasiga Toshkent magistral gaz quvurlari boshqarmasi xizmat ko‘rsatadi.Tuman isteʼmolchilarini kuz-qish mavsumida uzluksiz va bir maromda tabiiy gaz bilan taʼminlash maqsadida “Alimkent Avtoreys” GTSda yangi tarmoq qurib bitkazildi. Hozirgi kunda ishga tushirilgan yangi tarmoq hisobiga tuman aholisi va isteʼmolchilariga tabiiy gaz yetkazib berish yaxshilandi.

Aytish joizki, shu paytgacha Oqqo‘rg‘on tumani va shahriga tabiiy gaz “Oqqo‘rg‘on” va “Bo‘ka” gaz taqsimlash stansiyalari orqali berilar edi. "O‘ztransgaz" AJ tomonidan Alimkentdagi stansiyadan ham tabiiy gaz uzatish imkoniyatining yaratilgani ortidan oqqo‘rg‘onlik isteʼmolchilarga tabiiy gaz beruvchi GTSlar soni 3 ta bo‘ldi. Bu esa yetkazib beriladigan tabiiy gaz bosimini ko‘tarishga xizmat qiladi va o‘z navbatida taʼminotning barqarorligini taʼminlaydi. Ob-havo sovib ketgan kunlarda bunday tezkor tadbirning amalga oshirilishi isteʼmolchilarga yaratilayotgan qulayliklardan yana biri sifatida eʼtiborli.