"Oyqor" gaz taqsimlash stansiyasi rekonstruksiya qilindi
Uztransgaz
10.11.2025

G‘allaorol magistral gaz quvurlari boshqarmasi tasarrufidagi stansiyada olib borilgan rekonstruksiya ishlari Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanida barpo etilayotgan, quvvati 550 MVt bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasini tabiiy gaz bilan taʼminlash maqsadida amalga oshirildi.

Tadbir natijasida stansiyaning tabiiy gaz o‘tkazuvchanlik quvvati 4 barobarga ortdi. Ayni paytda sanoat tarmog‘i qurilmalarida gidrosinov ishlari amalga oshirilmoqda.
