jins

Uztransgaz

29.03.2023

G‘allaorol MGQB xizmat ko‘rsatadigan "Paxtaobod-G‘alaba" magistral gaz tarmog‘i "Paxtaobod" va “G‘alaba” gaz taqsimlash stansiyalari orqali Sirdaryo viloyatining Paxtaobod va Oqoltin tumanlari aholi punktlari hamda sanoat tarmoqlarini tabiiy gaz bilan taʼminlashga xizmat qiladi. Tarmoq stansiyalarining umumiy gaz o‘tkazuvchanlik quvvati bir kecha-kunduzda 90 ming metr kubni tashkil etadi. Diametri 273 mm. bo‘lgan ushbu gaz tarmog‘i 1985-yilda foydalanishga topshirilganligi bois quvurlarda nuqsonli qismlar aniqlangan edi.

Shu kunlarda quvurning 850 metr qismiga yangi quvurga almashtirish maqsadida montaj qilish ishlari yakunlandi. Tadbirni"Neftgazmontaj" MCHJ mutaxassislari amalga oshirgan bo‘lsa, G‘allaorol MGQBning tarmoq ekspluatatsiya xizmati ushbu uchastkada quvurni magistral gaz tarmog‘iga ulash va eski quvurni demontaj qilish ishlarini amalga oshirdi.



Возврат к списку