PR, kontent va kommunikatsiya – "O‘ztransgaz" jamoasi Samarqandda bilimlarini oshirdi!
Uztransgaz
24.04.2025

Bugun Samarqand shahrida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mas’ullari ishtirokida "O‘ztransgaz" AJ Axborot xizmatiga mas’ul xodimlari uchun seminar trening o‘tkazildi. Unda PR hamda uning ahamiyati, mediakontent yaratishda nimalarga e’tibor qilish kerak, inqirozli vaziyatlarda jamoatchilik bilan kommunikatsiya kabi mavzularda ma’lumotlar berildi.



