Professional ko‘nikmalarini mustahkamlash jarayoni davom etadi
Uztransgaz
27.11.2025
“Ohangaron” kompressor stansiyasida amaliy mashg‘ulot
Jamiyatimiz tizimida zamonaviy tahliliy uskunalar bilan ishlaydigan mutaxassislar uchun ichki o‘quv tizimini izchil rivojlantirib, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazib kelinmoqda. Shunday tadbirlardan biri Markaziy ishlab chiqarish-dispetcherlik departamenti, Gaz sifati bo‘limi tomonidan Toshkent MGQB “Ohangaron” KSdagi sanoat oqimli gaz xromatografi faoliyati misolida tashkil etildi.

Amaliy mashg‘ulotda xromatografni ekspluatatsiya qilishga mas’ul xodimlar uchun ana shu qurilma faoliyati tahlil qilindi. Ushbu turdagi uskunalar texnik jihatdan chuqur bilimdonlikni, xizmat ko‘rsatish hamda kompleksning zaxira qismlarini almashtirish bo‘yicha yetarli amaliy ko‘nikmalarni talab qiladi. Shu jihatlarni inobatga olgan holda "NEW TECHNOLOGY EMPYRE" MChJ mutaxassisi tomonidan xromatografning gaz namunasini yetkazish tarmoqlariga o‘rnatilgan filtrlarga ishlov berish tartibi va ularni to‘g‘ri almashtirish jarayoni ko‘rsatildi. Xromatograflarga texnik xizmat ko‘rsatish jarayonida paydo bo‘lgan savollarga to'liq tushuntirishlar berildi.

Bunday xizmat safarlari muntazam ravishda o‘tkazib boriladi. Bu esa mutaxassislarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash va oqimli gaz xromatograflarining barqaror ishlashini ta’minlashga xizmat qiladi.