Qalblarning davosi mehr
Uztransgaz
03.12.2024
1992-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi tomonidan 3-dekabr — “Xalqaro nogironlar kuni” sifatida e’lon qilingan. Ushbu kun jamiyatning barcha qatlamlarida nogironligi bo‘lgan insonlarga e’tibor qaratish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida nishonlanadi.

Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan "Xo‘jaobod" GYOSI Kasaba uyushma qo‘mitasi hamda "Yoshlar ittifoqi" boshlang‘ich tashkiloti nogironligi bo‘lgan bolalarga mehr ulashish niyatida tadbir tashkil etdi. Ushbu tashabbus doirasida muruvvat uyi tarbiyalanuvchilari holidan xabar olindi, ular bilan dildan suhbatlashildi.

Tadbir davomida tarbiyalanuvchilarga “O‘ztransgaz” AJ va tashkilotchilar nomidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Nogironlar kuni barchamizga atrofimizdagi insonlarga mehr ko‘rsatish, yordam qo‘lini cho‘zish va jamiyatda o‘zaro birdamlikni yanada mustahkamlash imkonini beradi.