jins

Uztransgaz

24.02.2020

2.jpgIqtisodiyot va sanoat vazirligi va Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan yarmarka-forumda yoqilg‘i-energetika kompleksining yirik sanoat korxonalari, chet el kompaniyalari vakolatxonalari vakillari hamda tovar va xizmatlari ishlab chiqaruvchi 150 ga yaqin mahalliy tadbirkorlik sub’ektlari taklif etilgan.

“Neftgaz kooperatsiya forumi”da “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati ham o‘z stendi bilan ishtirok etmoqda.  Forum ochilish marosimida jamiyat vakili so‘zga chiqib – “O‘ztransgaz” AJning bugungi imkoniyatlari va taklif etilayotgan investitsiya loyihalar haqida ma’lumot berdi. Ushbu anjumanda investitsion loyihalarda hamkorlik qilish istagida bildirilgan takliflar o‘rganiladi. Gaz transporti tarmog‘i korxonalarining ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan tovar va xizmatlarni mahalliylashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilib, tarmoqlararo hamda tarmoq ichidagi kooperatsiya aloqalarini kengaytirish bo‘yicha aniq shartnomalar imzolanadi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentabrdagi “Sanoat yarmarkalari va elektron kooperatsiya birjasi faoliyatini tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosi doirasida “O‘ztransgaz” AJda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Hamkorlarga qulaylik yaratish va shaffoflikni ta’minlash maqsadida “O‘ztransgaz” AJning rasmiy veb saytiga amalga oshrilayotgan xaridlar tizimi, talab va ehtiyojlar haqida ma’lumotlar to‘plami kiritilgani va ular doimiy ravishda yangilanib turilishi, shular jumlasidandir.

Bo‘lib o‘tayotgan anjuman yangi hamkorlar topish va o‘zaro tajriba almashish platformasi sifatida natijador bo‘lishi kutilmoqda.

“O‘ztransgaz” AJ Matbuot xizmati

Возврат к списку