Qashqadaryo viloyatining 2 tumanida gaz ta’minoti qisqa muddatga to‘xtatilishi haqida
Uztransgaz
11.10.2022
2022-yil 11-oktabrdaб kunning ma’lum bir soatlarida Qashqadaryo viloyatidagi ayrim tumanlariga iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib beruvchi gaz taqsimlash stansiyasi qisqa muddatga tarmoqdan uziladi.
Xususan, Muborak Magistral gaz quvurlari boshqarmasi xizmat ko‘rsatuvchi Shahrisabz gaz taqsimlash stansiyasi olovli ishlar doirasida tarmoqdan uziladi. Yangi qurilgan Kitob tumani aholi gaz tarmog‘ini asosiy tarmoqqa ulanishi bois, viloyatning Kitob, Shahrisabz tumani va Shahrisabz shahrida gaz ta’minoti vaqtincha, 11-oktabr soat 10:00-18:00 oralig‘ida to‘xtatiladi.
Ushbu choralar “Hududgaz Qashqadaryo” gaz ta’minoti filiali bilan kelishilgan holda amalga oshirilmoqda. Iste’molchilar avvaldan tadbirdan ogoh etilgan.
Keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz!