Qishga tayyorgarlik avjida. G‘allaorol magistral gaz quvurlari boshqarmasiga qarashli Yangiyer “3B-KS”da kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda
Uztransgaz
08.08.2022
Xususan, “3B-KS” sexi gaz haydash agregatlarida kapital, o‘rta va joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. 1-gaz haydash agregatida dudburonni (shaxta-ulitka) almashtirish ishlari olib borilyapti.

Bundan tashqari, agregatlarning NK-12ST dvigatellarini montaj qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, gaz haydash agregatlarining havo filtrlari almashtirilib, stantsiyaning umumiy zulfinlari ham texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.

Shu bilan birga, Buxoro gaznasos hududining 262-275 kilometrining 3-tarmog‘ida gidrosinov ishlari o‘tkazilib, tarmoqni ishga tushirish ishlari tashkil etildi.