Qiziriq tumani tarmog‘i yangi qurilgan “Termiz-2” magistral gaz quvuriga ham ulandi
Uztransgaz
30.01.2024

Xabar berilganidek, Surxondaryo viloyatida “Termiz-2” magistral quvurini qurish loyihasining 31 km qismi foydalanishga topshirildi. Qumqo‘rg‘on texnik ekspluatatsiya bo‘limi tomonidan “Termiz-2” magistral gaz quvuriga Qiziriq tarmog‘ini ulash maqsadida olovli ishlar bajarildi. Natijada tumanga gaz uzatish barqarorligi kafolatlandi.


