jins

Uztransgaz

17.06.2022

“Urganchtransgaz” UKning shimoliy va janubiy gaz transport tizimidagi muxim bo‘g‘in bo'lgan boshqarmaning KS “B”dagi texnologik kommunikatsiyalari reja jadvalga ko'ra gidro sinovdan o‘tkazildi. Tadbir kommunikatsiyalarda ehtimoli bo‘lgan tasodifiy avariyalarning oldini olish va tizimning barqaror ishlashiga zamin yaratadi. Gidro sinov ishlari “Urganchtransgaz” UKning tajribali mutaxassislaridan iborat ishchi-xodimlar va o‘nlab texnikalar safarbar qilingan holda amalga oshirildi.

Tadbirda KS “B”  kommunikatsiyalarni  gaz tarmog‘idan ajratish, to‘siq qo‘yish, kommunikatsiyalarni suv bilan to‘ldirish va uning bosimini 68,7  kgs∕sm2 ga ko‘tarish kabi olov va gazga xavfli bir qancha ishlar bajarildi. Kecha-kunduz mehnat qilindi va  sinov  muvaffaqiyatli yakunlandi. Natijada sexning keyingi gidro sinov - 2030-yilgacha barqaror va  xavfsiz ishlashiga zamin yaratildi.



Возврат к списку